XALQARO YURISTLAR KOMISSIYASI (ICJ) VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Akademiya va ICJ o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, 2026–2027-o‘quv yilida Akademiya tinglovchilari uchun xalqaro huquq yo‘nalishida maxsus o‘quv kursini tashkil etish hamda mazkur kursga nufuzli xorijiy ekspertlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlarini jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuvda xalqaro odil sudlov standartlarini o‘quv jarayoniga joriy etish, sudyalar va sud tizimi mutaxassislarining xalqaro huquq sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar sud-huquq sohasida xalqaro tajribani keng joriy etish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda istiqbolda qo‘shma ta’lim va ekspertlik tashabbuslarini amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI