Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislarining o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi
01.06.2026 / 20:21
29
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv kursida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 35 nafar sud raislari o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda. Kurs 5 kun davomida o‘tkazilib, jami 38 akademik soatga mo‘ljallangan.
Kursning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari A.Usmonov ishtirok etib, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, sud tizimida professional kadrlar salohiyatini oshirish hamda rahbar xodimlarning mas’uliyati haqida ma’ruza qildilar.
O‘quv dasturi sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, sudlarda ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy geosiyosiy jarayonlar, stress va vaqtni boshqarish, shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan mavzularni qamrab olgan.
Shuningdek, tinglovchilar Oliy sud faoliyati bilan yaqindan tanishish, jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotini tahlil qilishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etadilar.
Malaka oshirish kursi sud raislari o‘rinbosarlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, boshqaruv salohiyatini oshirish hamda odil sudlov sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI