Ruhiy barqaror sudya — adolatli qarorning muhim kafolati

20.08.2026 / 17:00
27
#

Sudyaning kasbiy faoliyati yuksak mas’uliyat, xolislik, vazminlik va kuchli ruhiy barqarorlikni talab etadi. Chunki sud jarayonida qabul qilinadigan har bir qaror inson taqdiri, jamiyat manfaatlari va qonun ustuvorligi bilan chambarchas bog‘liq.

Surunkali stress, ruhiy zo‘riqish va kasbiy charchoq esa insonning diqqat-e’tibori, hissiy holati hamda murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bois, 2026-yil 19-avgust kuni Andijon viloyatida Odil sudlov akademiyasi ekspert va psixologlari ishtirokida sudyalar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Treningning asosiy maqsadi — sudyalarning kasbiy faoliyatida ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, stressli vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarish, hissiy zo‘riqishlarning oldini olish hamda murakkab holatlarda xolis va vazmin qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulotlar davomida:
🔹 stressni boshqarish va ruhiy zo‘riqishni kamaytirish;
🔹 emotsional intellektni rivojlantirish;
🔹 murakkab vaziyatlarda o‘zini boshqarish va vazminlikni saqlash;
🔹 kasbiy charchoqning oldini olish;
🔹 ish va shaxsiy hayot o‘rtasida sog‘lom muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Amaliy va interaktiv mashqlar asosida tashkil etilgan trening ishtirokchilarga nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki kundalik kasbiy faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali psixologik usullarni o‘zlashtirish imkonini berdi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097