“Raqamli hukumat” tizimi yanada rivojlantiriladi
“Raqamli hukumat” tizimi yanada rivojlantiriladi
✔️2026-yil 8-iyul kuni “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257-son qabul qilindi.
✔️Mazkur qaror bilan Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani joriy etish va davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni yanada keng qo‘llash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
✔️Qarorga ko‘ra, 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida
5 mingta ma’muriy funksiyasi raqamlashtiriladi. Shuningdek, davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.
✔️Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma “Raqamli hukumat” tizimining asosiy texnologik elementi hisoblanadi. Ushbu platforma davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llashga xizmat qiladi.
✔️Bundan tashqari, platforma qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislar orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, ularni standartlashtirish hamda xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
✔️Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlarida ichki hujjatlar almashinuvi, qarorlarni qabul qilish va kelishish, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatish ishlari mazkur platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi.
✔️Shuningdek, platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashishni soddalashtirish maqsadida ochiq integratsiya – Open API tamoyili joriy etiladi. Bu turli axborot tizimlarining o‘zaro tezkor va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi.
✍️Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri y.f.d., professor Z.Amirov
Boshqa yangiliklar
-
Akademiyaning turdosh ta’lim muassasalari va nufuzli tashkilotlar bilan strategik aloqalari yangi bosqichda
-
"Aktual mavzu" dasturida Akademiya vakili ekspert sifatida ishtirok etdi
-
Kelajakda to‘liq raqamli sudlar bo‘lishi mumkinmi?
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi bosqich, yangi huquqiy normalar tahlili
-
Akademiya xodimalari nufuzli xalqaro treningda ishtirok etdi