Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi yuridik kadrlari uchun to'lov asosida malaka oshirish kurslari boshlandi
30.06.2026 / 17:48
14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiнинг 2025-yil 21-avgustdagi PF–141-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamkorligida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yuridik kadrlar uchun qisqa muddatli pulli malaka oshirish kurslari boshlandi.
Mazkur o‘quv dasturi yuridik kadrlarning zamonaviy qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda davlat boshqaruvida yuridik xizmat faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Kurslar davomida tinglovchilarga sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi yangiliklar, huquqiy tavakkalchiliklarni boshqarish, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar, sud amaliyoti hamda huquqiy ekspertizaning dolzarb masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Toshkent shahar va Toshkent viloyati sudlarida faoliyat yuritayotgan ko‘p yillik tajribaga ega sudyalar ishtirokida olib boriladi.
Malaka oshirish kurslari interaktiv ta’lim usullari, keys-tahlillar va amaliy muhokamalar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”