O‘QUV JARAYONLARIGA POLSHALIK EKSPERT JALB ETILDI
11.06.2026 / 17:48
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–141-son Farmonida Odil sudlov akademiyasida tashkil etiladigan o‘quv jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb etish vazifasi belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Odil sudlov akademiyasiga Polsha Respublikasining Belostok universiteti Yuridik fakulteti huzuridagi Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi professori Katarzyna Laskowska tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan sudyalarni jinoyat huquqi va kriminologiya sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar bilan tanishtirish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Tashrif avvalida mehmon Akademiyaning ilmiy, innovatsiyalar va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha prorektori N. Salayev bilan uchrashdi. Muloqot davomida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari va kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng professor Katarzyna Laskowska Akademiya tinglovchilari uchun “Polshada jinoyatchilikning bugungi holati va rivojlanish omillari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Ma'lumot uchun: Katarzyna Laskowska Belostok universiteti Yuridik fakulteti Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi mudiri, taniqli kriminolog olima hisoblanadi. U 240 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, ilmiy faoliyatida uyushgan jinoyatchilik, davlat xavfsizligi, oilaviy zo‘ravonlik hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi kriminologik muammolarni tadqiq etib kelmoqda.
Boshqa yangiliklar
-
AKADEMIK HALOLLIK — UMUMIY MAS’ULIYAT
-
Amaldagi sudyalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi
-
Odil sudlov akademiyasi qariyb 3,6 milliard so‘mlik grantlarni qo‘lga kiritdi
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasbiy salohiyat mustahkamlandi
-
Ayol sudyalarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida yangi hamkorlik