Oila va gender masalalarida ilmiy-amaliy hamkorlik kengaymoqda
14.08.2026 / 19:25
24
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺ Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida oila va gender masalalari, sud-huquq sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati, ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
📄 Hujjat doirasida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, mutaxassislar ishtirokida seminar, konferensiya va boshqa tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, tajriba va ilmiy-uslubiy materiallar almashinuvini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutiladi.
👩🏼⚖️ Shuningdek, hamkorlik doirasida sudyalik lavozimlari uchun salohiyatli xotin-qiz kadrlarni tayyorlash, ularning sud-huquq tizimidagi o‘rni va rolini yanada oshirish, sudyalar korpusida ayollar vakilligini kengaytirish hamda ayol sudyalar ulushini 30 foizga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
📝 Mazkur hamkorlik ikki tashkilotning ilmiy va amaliy salohiyatini birlashtirish, oila va gender masalalariga oid huquqiy bilimlarni yanada takomillashtirish, sud-huquq tizimida xotin-qizlarning professional salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI