Odil sudlov akademiyasida Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-mart kuni Odil sudlov akademiyasida Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ICJning mintaqaviy direktori Timur Shakirov boshchiligidagi delegatsiya hamda Odil sudlov akademiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ko‘p yillik hamkorlikning bugungi holati muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan rejalar va takliflar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Odil sudlov akademiyasi tomonidan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
— “Moot Court” (sud jarayoni simulyatsiyasi) formatida mashg‘ulotlar tashkil etish. Bunda tinglovchilar uchun inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalarni qo‘llagan holda imitatsiya qilingan sud majlislarini o‘tkazish;
— mavzularni real keyslar asosida o‘qitish, ya’ni xalqaro inson huquqlari sudlari tomonidan qabul qilingan muhim qarorlar bazasini shakllantirish hamda ularni O‘zbekiston sud amaliyotiga moslashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish;
— sudyalar va sudyalikka nomzodlar uchun “Odil sudlov va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar” nomli darslik tayyorlash.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Boshqa yangiliklar
-
MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANMOQDA
-
Press-tur doirasidagi muloqot: shaffoflik bosh mezon
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi eksperti Erkinjon Sobirov “Mening Yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdi
-
SUDYALAR UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI YAKUNLANDI
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi