Odil sudlov akademiyasida xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
05.06.2026 / 19:10
12
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Xalqaro adolat va qonun ustuvorligi instituti (IIJ, Malta) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, xususan, 2026-yil kuzida Akademiya tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari uchun terrorizm hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan 7 kunlik xalqaro treningni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish, o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash hamda qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI