Odil sudlov akademiyasida mediatsiya institutini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi
01.07.2026 / 18:36
25
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida "O‘zbekiston Respublikasida mediatsiya institutini rivojlantirish: xalqaro standartlar, sud amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish masalalari" mavzusida xalqaro qo‘shma davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida mediatsiya institutini rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari, xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish, nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, sud amaliyoti va amaldagi qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari va ekspertlar tomonidan mediatsiyaning huquqiy tizimdagi o‘rni, uning samaradorligini oshirish hamda xalqaro standartlarni milliy amaliyotga implementatsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI