Odil sudlov akademiyasida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Bugun Odil sudlov akademiyasida “Sudga qadar ish yuritish bosqichida tergov sudyasi faoliyati bilan bog‘liq muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
✅Odil sudlov akademiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur anjumanda jinoyat-protsessual huquq sohasidagi dolzarb masalalar, tergov sudyasi institutining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari hamda amaliyotdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.
⏺Konferensiyada respublikaning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari, sud-huquq sohasi ekspertlari, professor-o‘qituvchilar, sudyalar hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi.
👤Tadbir davomida tergov sudyasi institutining rivojlanish istiqbollari, sudga qadar ish yuritishda tortishuv prinsipini ta’minlash, qonunchilik asoslarini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikdagi o‘rni hamda institutning tarixiy-huquqiy jihatlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
🟦Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti mutaxassislari o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etdi.
📱Konferensiya yakunida tergov sudyasi institutini yanada rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi qayd etildi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI