IQTISODIY VA MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILISHDA YANGI QULAYLIKLAR

17.08.2026 / 12:38
13
#

 2026 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1165-son Qonun bilan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔹 Iqtisodiy sudlarning nomlanishi birxillashtirilmoqda
Iqtisodiy protsessual kodeks hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonundagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari” degan atama “tumanlararo iqtisodiy sudlar” degan yagona atama bilan almashtirildi.
Bu sudlar tizimida yagona terminologiyani shakllantirishga xizmat qiladi.

🔹 Tadbirkorlarga ekterritorial sudlov imkoniyati kengaytirilmoqda
Iqtisodiy protsessual kodeksning tegishli moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, taraflarga qonunda belgilangan sudlovga tegishlilik qoidalarini o‘zaro kelishuv asosida o‘zgartirish, shu jumladan ekterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash imkoniyati aniq belgilandi.
Shuningdek, sudlovga tegishlilik to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lganda, da’vo arizasi yoki arizani tegishli sudga taqdim etish tartibi takomillashtirildi.

🔹 Sudlovga tegishlilikni aniqlashda avtomatlashtirilgan tizimdan foydalaniladi
Ishni ko‘radigan sudni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali aniqlash va tanlash tartibi nazarda tutildi.
Bu sudga murojaat qilish jarayonining shaffofligi va qulayligini oshirishga xizmat qiladi.

🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlarida talablarni ko‘rib chiqish tartibi aniqlashtirildi
Agar javobgarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa va unga nisbatan bildirilgan talab qonunga muvofiq aynan shu ish doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lsa, bunday talablarni ko‘rib chiqishning maxsus protsessual tartibi belgilandi.
Bu bir talabning alohida iqtisodiy ish sifatida ko‘rilishining oldini olishga xizmat qiladi.

🔹 Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish yanada qulaylashmoqda
Qonun bilan sudlovga tegishlilikni aniqlashtirish, ekterritorial sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha talablarni ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan normalar belgilandi.

⚖️ Asosiy maqsad — tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy sud orqali o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirish, sudga murojaat qilishni soddalashtirish va iqtisodiy sud ishlarini yuritish samaradorligini oshirish.

✍️Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri v.b., y.f.f.d., professor v.b. R.Berdiyarov 

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097