Axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasbiy salohiyat mustahkamlandi
31.07.2026 / 20:49
23
Jizzax viloyatining Zomin tumanida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bilan hamkorlikda “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar: aniqlashdan sud hukmiga qadar” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
29–30-iyul kunlari o‘tkazilgan o‘quv kursida sudyalar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va sudda ko‘rib chiqish jarayonlariga oid zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.
Mashg‘ulotlar davomida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning amaliy jihatlari, raqamli kriminalistika imkoniyatlari, elektron dalillar bilan ishlash usullari, blokcheyn texnologiyalari, kriptoaktivlar bilan bog‘liq masalalar hamda boshqa dolzarb mavzular muhokama qilindi.
O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Mazkur kurs sudyalar va soha vakillarining axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ishlarni samarali ko‘rib chiqish borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”