Axborot texnologiyalari bo‘yicha kasbiy salohiyat oshirildi
13.06.2026 / 14:44
28
Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) hamkorligida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar: aniqlashdan sud hukmiga qadar” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
O'quvlar 11–12-iyun kunlari o‘tkazilib, unda sudyalar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va sudda ko‘rib chiqish jarayonlariga oid zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.
O‘quv jarayonida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning amaliy jihatlari, raqamli kriminalistika imkoniyatlari, elektron dalillar bilan ishlash usullari, blokcheyn texnologiyalari hamda kripto-aktivlar va boshqa mavzular bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yakunda ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Mutaxassislar mazkur kurs sudyalar va soha vakillarining axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ishlarni samarali ko‘rib chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI