Avtomobil yo‘llari sohasidagi munosabatlar tartibga solindi
“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1162-son Qonun 2026-yil 5-avgustda qabul qilindi.
✔️Qonunning asosiy maqsadi O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, ulardan foydalanish va yo‘l faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
✔️Qonunga ko‘ra, avtomobil yo‘llari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda xo‘jalik avtomobil yo‘llariga tasniflanadi. Foydalanish rejimiga ko‘ra yo‘llar bepul yoki pulli bo‘lishi mumkin.
✔️Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki hisoblanadi va cheklanmagan doiradagi shaxslarning transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan.
✔️Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida ajratilgan hududning minimal kengligi yo‘l toifasiga qarab 25 metrdan 80 metrgacha belgilanadi. Shuningdek, yo‘l bo‘yi hududida transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadi.
✔️Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.
✍️ Ma’muriy-huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi y.f.f.d, dotsent v.b. O.Toshev
Boshqa yangiliklar