Akademiyada yangi yondashuvlar davri boshlandi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi majlislar zalida Аkademiya faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda akademiya rahbariyati, boshqaruv xodimlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-141-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Prezident Administratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari atroflicha tahlil qilindi.
Yig‘ilishda Akademiya faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ijrochilar va aniq muddatlar belgilandi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzular, har bir fikr, taklif va tanqid atroflicha o‘rganilib, ular yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi lozimligi qayd etildi. O‘quv, ilmiy va tashkiliy jarayonlardagi nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Akademiya faoliyati islohotlarga hamohang tarzda ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda izchil rivojlantirib borilishi qayd etildi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”