25-iyul – Xalqaro sudyalar va sud xodimlari farovonligi kuni!
BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan nishonlanishi belgilangan Xalqaro sudyalar va sud xodimlari farovonligi kuni zamirida katta mohiyat mujassam.
Farovonlik, avvalo, sudyalarning mustaqilligi, halolligi va xolisligini mustahkamlash uchun munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash, ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga alohida e'tibor qaratishda namoyon bo‘ladi.
O‘rni kelganda alohida ta'kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan sud islohotlarining asosiy mohiyatini ham sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligini amalda ta'minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi ezgu maqsadlar tashkil etadi. Shu ma'noda, ushbu sananing milliy sud tizimimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan ushbu kunni keng nishonlash doirasida sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlari, ish yuklamasi, psixologik barqarorligi, moddiy-texnik ta'minoti, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda ijtimoiy himoya darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, ular asosida "Sudyalar va sud apparati xodimlarining farovonlik indeksi" konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatidan qoniqish darajasini baholash tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular ayni paytda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Zero, sudyalar va sud xodimlari farovonligi — ularning professionalligi va yuksak salohiyatining asosiy omilidir!
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI