Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va ijro intizomi masalalari muhokama qilindi
26.08.2026 / 15:36
11
Bugun Akademiyada yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan xodimlar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda dastlab yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish va ta’lim jarayoniga tayyorgarlik holati yuzasidan Akademiyaning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori D.Aripovning ma’ruzasi tinglandi. Unda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mavjud tayyorgarlik holati hamda yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ijro intizomini yanada mustahkamlash, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.Azizovning hisoboti tinglandi.
Muhokamalar yakunida mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ularning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Akademiya jamoasi safiga yangi qo‘shilgan xodimlar tanishtirildi va ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
Boshqa yangiliklar
-
Sud kadrlarining professionalligi, halolligi va zamonaviy kompetensiyalari muntazam rivojlantiriladi
-
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan ixtisoslik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
-
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA saytida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi prorektori Nodirbek Salayevning “Yangi O‘zbekiston - Yangi odil sudlov” nomli maqolasi e’lon qilindi.
-
YUKSAK E'TIROF
-
Sudyada nafaqat bilim, balki xolislik, vijdon va mas’uliyat ham bo‘lishi shart