Yangi o‘quv yili oldidan kafedralar faoliyati o‘rganildi
03.09.2026 / 18:47
15
Bugun Odil sudlov akademiyasi rektori boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Akademiya kafedralarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida rektor kafedralarda bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan bevosita suhbatlashdi. Ularning ish faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, yaratilgan mehnat sharoitlari, mavjud moddiy-texnik imkoniyatlar, shuningdek, taklif va mulohazalari bilan yaqindan tanishildi.
Muloqotlarda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, fan dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy ta’lim metodlari hamda ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Rektor kafedra professor-o‘qituvchilarining erishgan yutuq va natijalarini e’tirof etib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tashabbuskorlikni kuchaytirish, ilmiy va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.
O‘rganish yakunida kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini yanada kuchaytirish, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI