YANA BIR MUHIM MEMORANDUM IMZOLANDI
04.06.2026 / 13:03
28
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda mazkur hamkorlik korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatni yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Odil sudlov akademiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”