XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
23.09.2026 / 19:54
16
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Odil sudlov akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Elchi Yuy Szyun Akademiya rektori Sherzod Abduqodirov bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuvda huquqiy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish hamda tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar uchun Akademiya bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Tomonlar huquq sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI