Xalqaro ilmiy bazalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
08.09.2026 / 19:38
30
Odil sudlov akademiyasida Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi bilan hamkorlikda “Axborot resurslari bilan ishlashda Scopus, Web of Science va Springer Nature kabi xalqaro bazalaridan foydalanish amaliyotini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening doirasida Ilmiy tahririyat va noshirlik boshqarmasi bosh mutaxassisi, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” xalqaro ilmiy-texnikaviy jurnali bosh muharriri, falsafa doktori (PhD) Xilola Saloyeva tomonidan “Ilmiy maqolani rasmiylashtirishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish” mavzusida ma’ruza qilindi.
Mashg‘ulot davomida ilmiy maqolalarni tayyorlash va rasmiylashtirishda sun’iy intellekt vositalaridan maqsadli va mas’uliyatli foydalanish, ilmiy manbalar bilan ishlash, axborotni tahlil qilish hamda tadqiqot natijalarini xalqaro talablar asosida taqdim etishga oid amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashildi va savol-javoblar o‘tkazildi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI