“Vorislik huquqini takomillashtirish masalalari: xorijiy tajriba” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi
16.09.2026 / 21:19
29
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan “Vorislik huquqini takomillashtirish masalalari: xorijiy tajriba” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, sudyalar, huquqshunos olimlar hamda sohaning amaliyotchi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida vorislik huquqining nazariy va amaliy jihatlari, vorislik munosabatlarini huquqiy tartibga solishdagi mavjud muammolar, sud amaliyotida uchrayotgan masalalar hamda ularni hal etishda xorijiy tajribadan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, vorislikka oid nizolarni sudda ko‘rish, vasiyatnoma va qonun bo‘yicha vorislik, majburiy ulush, voyaga yetmaganlar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning vorislik huquqlari, raqamli aktivlar va raqamli merosning huquqiy maqomi kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI