VILOYAT VA ULARGA TENGLASHTIRILGAN SUDLAR RAISLARI O‘RINBOSARLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI
06.06.2026 / 17:48
12
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlar raislari o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv dasturi sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, sudlarda ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy geosiyosiy jarayonlar, stress va vaqtni boshqarish, shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan mavzularni qamrab oldi.
Shuningdek, tinglovchilar Oliy sud faoliyati bilan yaqindan tanishib, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotini tahlil qilishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdilar.
Mazkur malaka oshirish kursi sud raislari o‘rinbosarlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, boshqaruv salohiyatini oshirish hamda odil sudlov sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga malaka oshirish kursini tugatganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”