TOSHKENTDA TURKIY DAVLATLARNING XALQARO SUD-HUQUQ FORUMI BO‘LIB O‘TADI
Joriy yilning 5–6-may kunlari Toshkent shahrida “Turkiy davlatlarda sud-huquq ta’limi va odil sudlov: raqamli transformatsiya hamda ilg‘or tajribalar sari integratsiya” mavzusidagi nufuzli xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu xalqaro forumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiyaning sud-huquq ta’limi muassasalari vakillari ishtirok etadi.
Forum doirasida sudyalarni tayyorlash va malakasini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan ma’ruzalar va tajriba almashishlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, ishtirokchilarning Odil sudlov akademiyasiga tashrifi rejalashtirilgan bo‘lib, ular akademiya faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishadilar.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI