“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”

23.09.2026 / 22:45
19
#

“UzA”da Odil sudlov akademiyasi Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Saida Mahmudova bilan “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning O‘zbekiston huquqiy tizimi va sud amaliyotiga ta’siri yuzasidan suhbat e’lon qilindi.

Suhbatda Toshkent xalqaro moliya markazining huquqiy maqomi, Toshkent xalqaro tijorat sudining yurisdiksiyasi, iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos jihatlari, sud va arbitraj o‘rtasidagi munosabatlar, ta’minlash choralari, sud qarorlarini ijro etish hamda qo‘llaniladigan huquq masalalari haqida fikr yuritilgan.

Shuningdek, xalqaro tijorat sudlovining rivojlanishi sharoitida sudyalar va yuridik kadrlar uchun zarur bo‘ladigan yangi bilim va ko‘nikmalar, jumladan, xalqaro tijorat huquqi, moliyaviy instrumentlar, korporativ boshqaruv, raqamli aktivlar va elektron dalillar bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilgan.

📌 Suhbatda Toshkent xalqaro moliya markazining faoliyati doirasida milliy iqtisodiy sudlov tizimi bilan bog‘liq yangi huquqiy va amaliy mexanizmlar haqida so‘z yuritiladi.

Batafsil o'qish

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097