TJTNning 2026-yildagi yig‘ilishiga O'zbekiston mezbonlik qiladi
Bugun Turkiy davlatlar sud-huquq kadrlarini tayyorlash tarmog‘iga (TJTN) a’zo davlatlar ishtirokida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2026-yilda TJTNga raislik qilish navbati O‘zbekiston Respublikasiga topshirildi. Ushbu taklif barcha a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
🗣 Raislik O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
🇺🇿 Odil sudlov akademiyasi ushbu vazifani qabul qilib, tarmoq doirasidagi tadbirlarni tashkil etish mas’uliyatini zimmasiga oldi.
📅 Navbatdagi yig‘ilish joriy yilning may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
💡 Ma’lumot uchun:
TJTN 2022-yil 12-dekabr kuni Istanbul shahrida tashkil etilgan bo‘lib, Turk davlatlari tashkiloti (OTS)ga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning sud-huquqiy ta’lim muassasalarini birlashtiradi. Tarmoq doirasida kadrlar tayyorlash, tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkaziladi.

Boshqa yangiliklar
-
AKADEMIK HALOLLIK — UMUMIY MAS’ULIYAT
-
Amaldagi sudyalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi
-
Odil sudlov akademiyasi qariyb 3,6 milliard so‘mlik grantlarni qo‘lga kiritdi
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasbiy salohiyat mustahkamlandi
-
Ayol sudyalarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida yangi hamkorlik