SUDYALAR UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI YAKUNLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida sudyalar uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Jumladan, besh yil muddatga tayinlangan tumanlararo iqtisodiy sudlar sudyalari hamda ma’muriy sudlar sudyalari va muddatsiz davrga tayinlangan sudyalar (shu jumladan sud raislari) uchun an’anaviy ta’lim shaklida malaka oshirish kurslari nihoyasiga yetdi.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar sud amaliyotidagi dolzarb masalalar, protsessual qonunchilikni qo‘llashning zamonaviy yondashuvlari, inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlar, sudyalik etikasi va psixologiyasi, shuningdek, sud tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Kurslar yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI