Sud kadrlarining professionalligi, halolligi va zamonaviy kompetensiyalari muntazam rivojlantiriladi
25.08.2026 / 19:05
24
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zAda Odil sudlov akademiyasi prorektori Dilshod Aripovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida sud kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan intervyusi e’lon qilindi.
Intervyuda sud kadrlarini tayyorlashning uzluksiz Pipeline modelini joriy etish, kasbiy kompetensiyalar profilini shakllantirish, Akademiyani xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, Forsayt markazi, Endaument fondi va Alumni Association faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Micro-learning va “Judge-edu” Telegram-boti imkoniyatlaridan keng foydalanish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining xorijdagi stajirovkalarini tizimli tashkil etish kabi ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritilgan.
Batafsil: https://uza.uz/posts/899892
Boshqa yangiliklar
-
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan ixtisoslik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
-
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA saytida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi prorektori Nodirbek Salayevning “Yangi O‘zbekiston - Yangi odil sudlov” nomli maqolasi e’lon qilindi.
-
YUKSAK E'TIROF
-
Sudyada nafaqat bilim, balki xolislik, vijdon va mas’uliyat ham bo‘lishi shart
-
Odil sudlov akademiyasining xalqaro maydondagi hamkorligi kengaymoqda