Sud hokimiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Rahbar kadrlarni baholash markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va Odil sudlov akademiyasi mas’ullari ishtirokida taqdimot tadbiri o‘tkazildi.
Unda sud hamjamiyati vakillari davlat xizmatida professional kadrlar korpusini shakllantirish, ularni baholash va rivojlantirish bo‘yicha joriy etilgan zamonaviy tizim bilan tanishtirildi.
Ma’lumot uchun, davlat xizmatchilarini baholash jarayoniga raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish natijasida ilgari rahbarlikka bir nafar nomzodni o‘rtacha 7 soat davom etgan assessment baholash jarayoni hozirgi kunda 80 daqiqani tashkil etmoqda.
Uchrashuvda:
▫️sudyalar korpusi vakillariga nomzodlar tanlashda raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intеllektni qo’llash;
▫️tuman sudi sudyalari va xodimlari uchun davlat boshqaruvi, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo’nalishlarida mahalliy va xorijiy stajirovkalarni tashkil etish;
▫️"El-yurt umidi", JICA, KOICA va boshqa xalqaro stipendiya dasturlari orqali xorijda o’qigan istiqbolli kadrlarni sud organlariga jalb etish;
▫️Prezident maktablarini bitirib oliy ta’lim muassasalarida o’qiyotgan va tamomlaganlarni “ustoz-mentoring” tamoyili asosida sud organlari faoliyatida amaliyotlarni tashkil etish hamda ishga yo’naltirish;
▫️davlat boshqaruvi tizimi va sud hokimiyati organlari o’rtasida yangi avlod kadrlarini shakllantirish va istiqbolli rahbarlarni aniqlashga qaratilgan TOP-100 tanlov dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo’nalishlari belgilab olindi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”