Sizlarni jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz
31.08.2026 / 20:25
26
Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayoti, milliy davlatchiligimiz, tinchlik-osoyishtalik va taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda inson qadri, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mustaqilligimiz bergan ulkan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik va yangi zafarlar tilaymiz.
❕ Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch va obod bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi jamoasi
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI