Pro Bono yuridik klinikasi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan muhokama o‘tkazildi

11.08.2026 / 20:13
29
#

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sh.Abduqodirov Pro Bono yuridik klinikasida bo‘lib, klinika faoliyati, ish jarayonining tashkil etilishi, faoliyat yo‘nalishlari hamda fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish amaliyoti bilan yaqindan tanishdi.

📱 Klinika faoliyatining ta’limni real yuridik amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilish, huquqiy vaziyatlarni kvalifikatsiya qilish, buzilgan huquqlarni himoya qilishning maqbul usullarini aniqlash hamda zarur huquqiy hujjatlarni tayyorlash jarayonlari muhokama qilindi.

Rektor fuqaroni shaxsan qabul qilib, uning murojaati yuzasidan huquqiy maslahat berdi. Bu esa aniq huquqiy muammolarni hal etishda amaliy va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan yondashuvning muhim namunasidir.

📌 Yuridik klinika — bu nafaqat ijtimoiy loyiha. U kelajakdagi professional kadrlarni amaliyotga tayyorlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda Akademiyaning jamiyat bilan bevosita aloqasini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim amaliy maydondir.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097