O‘zAda Odil sudlov akademiyasi rektori, yuridik fanlar doktori Sherzod Abduqodirovning sharhi e’lon qilindi.
14.09.2026 / 20:16
27
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zAda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori, yuridik fanlar doktori Sherzod Abduqodirovning “Tergov yoki sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sudga hurmatsizlik uchun qanday javobgarlik belgilandi?” mavzusidagi sharhi e’lon qilindi.
Unda 2026-yil 11-sentabrdagi Qonun asosida Jinoyat kodeksining 236-moddasi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritilgan.
Xususan, tergov faoliyatiga va sud ishlarini hal etishga noqonuniy aralashish bilan bog‘liq harakatlarni alohida jinoyat tarkiblari sifatida ajratish, mansabdor shaxslarning xizmat mavqeyidan foydalangan holda aralashuvi uchun kuchaytirilgan javobgarlik belgilash, shuningdek, sudga hurmatsizlik uchun javobgarlik doirasini sud majlisi bilan bir qatorda sud binosida sodir etilgan hurmatsizlik harakatlariga ham tatbiq etish masalalari yoritilgan.
Mazkur o‘zgartirishlar sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, odil sudlovni har qanday noqonuniy ta’sirdan himoya qilish hamda sud nufuzini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etilgan.
Batafsil: O‘zA saytida o‘qish
Boshqa yangiliklar
-
“Odil sudlov – 2030” strategiyasi va sud amaliyotini ilmiy tahlil qilish masalalari
-
Odil sudlov akademiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
-
Kechki ta’lim shakli magistrantlari uchun mashg‘ulotlar boshlandi
-
SUDYALAR UCHUN O‘QISH TAVSIYA ETILADIGAN KITOBLAR
-
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi