Odil sudlov akademiyasining xalqaro maydondagi hamkorligi kengaymoqda
Bugun Indoneziyaning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, Akademiyaning xalqaro aloqalari yana bir muhim yo‘nalishda kengaydi.
Akademiyada Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy nashrlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Universitas Sebelas Maret, Universitas Slamet Riyadi, Universitas Muhammadiyah Sidoarjo hamda boshqa ta’lim va ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, huquq sohasidagi ilmiy jurnallar faoliyatini takomillashtirish, maqolalarni xalqaro ma’lumotlar bazalarida indeksatsiya qilish, tahririyatlararo hamkorlik va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida Odil sudlov akademiyasi hamda Universitas Slamet Riyadi (UNISRI) Surakarta Huquq fakulteti va Universitas Muhammadiyah Sidoarjo o‘rtasida Anglashuv memorandumlari imzolandi.
Boshqa yangiliklar