ODIL SUDLOV AKADEMIYASIDA XALQARO UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
03.06.2026 / 19:12
20
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, yuridik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun BMTning inson huquqlari tizimi va xalqaro standartlari bo‘yicha ma’rifiy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tadbir konstruktiv muloqot ruhida o‘tib, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zaro manfaatli takliflar bildirildi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI