Odil sudlov akademiyasida o‘quv-ilmiy yo‘nalishda xorijiy tajribaga asoslangan mashg‘ulotlar
Odil sudlov akademiyasida o‘quv-ilmiy faoliyatni xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirish doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Xususan, Litvaning Kazimieras Simonavicius universiteti professori Raimundas Kalesnykas ishtirokida kasbiy qayta tayyorlash kurslari uchun darslar boshlandi.
Mashg‘ulotlar sud protsessida etika normalari va kasbiy talablar, shuningdek xorijiy davlatlarda amal qilinadigan standartlarga bag‘ishlandi. O‘quv jarayoni tinglovchilar bilan ochiq va interaktiv muhokamalar, real holatlar tahlili hamda qiyosiy-huquqiy yondashuvlar asosida olib borildi.
Mazkur o‘quv-ilmiy mashg‘ulotlar tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, sud faoliyatida etik me’yorlarga rioya etish madaniyatini mustahkamlash hamda xalqaro amaliyotga tayangan holda professional malakani oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”