Odil sudlov akademiyasida Mustaqilligimizning 35 yilligi tantanali nishonlandi

27.08.2026 / 20:08
10
#
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan Odil sudlov akademiyasida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda Sudyalar oliy kengashi va Odil sudlov akademiyasi rahbariyati, sudyalar, sud apparati xodimlari, soha faxriylari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov ochib, ishtirokchilarni Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi. U o‘z nutqida muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli sud-huquq islohotlari, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasida olib borilayotgan ezgu ishlarga alohida to‘xtaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi tegishli Farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Sudyalar oliy kengashi sudyasi Kamolov Xusniddin Lutfidinovich hamda Odil sudlov akademiyasi matbuot kotibi Bakirova Irodaxon Botirjonovna hamkasblari tomonidan yana bir bor samimiy muborakbod etildi.

Shuningdek, bir guruh sudyalar va xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni, sud tizimi faxriylariga esa “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mukofot sohiblari bildirilgan yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik izhor etdilar. Ular, avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan sud-huquq tizimi va uning vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikni alohida ta’kidlab, shuningdek, Sudyalar oliy kengashi hamda Odil sudlov akademiyasi rahbariyatining doimiy qo‘llab-quvvatlashi, kasbiy rivojlanish va samarali faoliyat yuritish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yuksak qadrlashlarini bildirdilar.

Ta’kidlanganidek, bunday yuksak e’tirof soha vakillarini kelgusida ham odil sudlovni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini ishonchli himoya qilish yo‘lida yanada katta mas’uliyat va fidoyilik bilan xizmat qilishga undaydi.

Shuningdek, ko‘plab huquqshunoslarning ustozi, taniqli huquqshunos olima, davlat arbobi F. Muhiddinova tavallud ayyomi munosabati bilan jamoa tomonidan tabriklanib, unga ezgu tilaklar bildirildi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097