Odil sudlov akademiyasida Ispaniyaning Salamanka universiteti professorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Odil sudlov akademiyasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash doirasida Ispaniyaning nufuzli Salamanka universiteti vakillari — professor Lorenso M. Buxosa Vadel hamda doktor Valter Reyfart Munyos bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda xalqaro ekspertlar hamda Odil sudlov akademiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar zamonaviy protsessual huquq, inson huquqlarining sud orqali himoya qilinishi hamda sud tizimida raqamlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Mehmonlar Salamanka universitetining huquqshunos kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tajribasi, xususan, jamoaviy manfaatlarni sud orqali himoya qilish va konstitutsiyaviy kafolatlar borasidagi ilmiy izlanishlar bilan o‘rtoqlashdilar.
⏺Uchrashuv davomida Odil sudlov akademiyasi tomonidan istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
💬Xalqaro tajriba asosida master-klasslar: Professor Lorenso M. Buxosa Vadel va doktor Valter Munyos ishtirokida "Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarorlarining milliy huquq tizimiga ta’siri" va "Elektron mediatsiya" mavzularida seminar-treninglar tashkil etish;
💬Ilmiy hamkorlik ва nashrlar: Salamanka universiteti va Odil sudlov akademiyasi olimlari hamkorligida protsessual huquqning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan qo‘shma o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
💬Akademik almashinuv: Akademiyaning yosh tadqiqotchilari ва professor-o‘qituvchilari uchun Salamanka universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish;
💬Zamonaviy o‘quv metodikasi: Ispaniya tajribasi asosida "Kollektiv huquqlarni himoya qilish" va "Xalqaro jinoiy sud bilan protsessual hamkorlik" mavzularini o‘quv dasturlariga tatbiq etish.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro ilmiy ва o‘quv aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, ilgari surilgan takliflarni amaliyotga joriy etish maqsadida hamkorlik memorandumini tayyorlash masalasida kelishib oldilar.
Boshqa yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi eksperti Erkinjon Sobirov “Mening Yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdi
-
SUDYALAR UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI YAKUNLANDI
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASIDA YXHT LOYIHALARI KOORDINATORI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
Istanbulda xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi o‘tkazildi