ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — YANGI O‘QUV YILI, YANGI MAQSADLAR VA YANGI MARRALAR SARI

04.09.2026 / 20:41
25
#

Bugun Odil sudlov akademiyasida rektor raisligida yangi o‘quv yili oldidan kengaytirilgan strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Akademiya faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim jarayonini sud amaliyotining zamonaviy ehtiyojlariga moslashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, innovatsion g‘oya va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ilmiy maydonda Akademiyaning o‘rni va ta’sirini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

2030 yilga qadar strategik maqsad — Odil sudlov akademiyasini an’anaviy ta’lim muassasasidan zamonaviy Justice Research & Innovation Hub darajasiga olib chiqish.

Ya’ni, Akademiya nafaqat bilim beradigan, balki:
sud amaliyoti uchun yangi bilim va ilmiy yechimlar yaratadigan;
odil sudlov sohasidagi kelajak tendensiyalarini prognoz qiladigan;
innovatsion g‘oya va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazib, amaliyotga joriy etadigan;
milliy va xalqaro ilmiy kun tartibini shakllantirishda faol ishtirok etadigan
yangi avlod ilmiy-innovatsion markaziga aylanishi lozim.
Uchrashuvda belgilangan strategik maqsadlarni amaliy natijaga aylantirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar va mas’ul xodimlarga aniq vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar va natijadorlik mezonlari belgilab berildi.

Yangi o‘quv yili — bu shunchaki yangi akademik davr emas. Bu Odil sudlov akademiyasining 2030 yilga qadar mo‘ljallangan yangi taraqqiyot bosqichining boshlanishidir.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097