Odil sudlov akademiyasi va Sud ekspertiza markazi hamkorligining yangi bosqichi
17.08.2026 / 15:55
30
Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum sud-huquq sohasida kadrlar tayyorlash, sud ekspertizasi yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish.
Hamkorlik doirasida sudyalar va sud tizimi xodimlarining sud ekspertizasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish, mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminarlari, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilmoqda.
Memorandum imzolangach, Akademiya rahbariyati X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, memorandum doirasida o'zaro yo'l-xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mazkur tashrif o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI