Odil sudlov akademiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
10.09.2026 / 19:41
16
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida imzolangan mazkur o‘zaro anglashuv memorandumi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirish, yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning sud-huquq sohasidagi islohotlar jarayonidagi ishtirokini kengaytirish hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, memorandum doirasida yoshlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbirlari, ta’lim loyihalari, seminar va treninglar tashkil etish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI