Odil sudlov akademiyasi va Notarial palata hamkorligining yangi bosqichi
16.09.2026 / 20:12
18
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, sud va notariat amaliyoti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida:
sudyalar, tinglovchilar va notariat sohasi vakillarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish;
dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tahliliy tadqiqotlar olib borish;
malaka oshirish va o‘quv kurslari, seminarlar, davra suhbatlari hamda ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish;
tajribali notariuslar va Notarial palataning yuqori malakali mutaxassislarini Akademiyaning o‘quv jarayonlariga jalb etish;
tinglovchilarning notariat sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, sud va notariat faoliyatini raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xorijiy tajribani o‘rganish hamda ilg‘or amaliyotlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqa yangiliklar
-
“Vorislik huquqini takomillashtirish masalalari: xorijiy tajriba” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi
-
O‘zAda Odil sudlov akademiyasi rektori, yuridik fanlar doktori Sherzod Abduqodirovning sharhi e’lon qilindi.
-
“Odil sudlov – 2030” strategiyasi va sud amaliyotini ilmiy tahlil qilish masalalari
-
Odil sudlov akademiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
-
Kechki ta’lim shakli magistrantlari uchun mashg‘ulotlar boshlandi