“Odil sudlov – 2030” strategiyasi va sud amaliyotini ilmiy tahlil qilish masalalari
12.09.2026 / 19:18
30
“Yangi O‘zbekiston” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Avazbek Yuldoshbekovning “Odil sudlov – 2030” strategiyasi va sud amaliyotini ilmiy tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–160-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar, xususan, yagona sud amaliyotini shakllantirish, sud faoliyatining ochiqligini oshirish hamda sud amaliyotini ilmiy asosda tahlil qilish masalalari yoritilgan.
Shuningdek, maqolada Odil sudlov akademiyasida “Sud amaliyotini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi”ni tashkil etish, sud statistikasini muntazam tahlil qilish, bekor qilingan va o‘zgartirilgan sud qarorlari dinamikasini o‘rganish hamda sud-huquq sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish taklif etilgan.
Natijada, sud amaliyotini ilmiy tahlil qilish, ta’lim jarayoni va amaliyot o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, o‘quv dasturlarini real amaliyotdagi muammolardan kelib chiqqan holda shakllantirish imkoniyati yaratilishi qayd etilgan.
Boshqa yangiliklar
-
Odil sudlov akademiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
-
Kechki ta’lim shakli magistrantlari uchun mashg‘ulotlar boshlandi
-
SUDYALAR UCHUN O‘QISH TAVSIYA ETILADIGAN KITOBLAR
-
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
-
Xalqaro ilmiy bazalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi