Navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunlandi.
09.10.2026 / 22:49
10
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida “Inson” markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Mazkur o‘quv dasturi “Inson” markazlari mas’ul xodimlarining oilaviy va fuqarolik huquqi sohasidagi kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, sud jarayonlarida bolalar va oilalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi.
Kurslar davomida tinglovchilarga sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi yangiliklar, huquqiy tavakkalchiliklarni boshqarish, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar, sud amaliyoti hamda huquqiy ekspertizaning dolzarb masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar Akademiya professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Oliy sud va Toshkent shahar sudlarida faoliyat yuritayotgan ko‘p yillik tajribaga ega sudyalar ishtirokida olib borildi.
Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilimlari test sinovlari orqali baholandi. Natijalarga ko‘ra, barcha ishtirokchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi qayd etilib, kurs yakunida ularga sertifikatlar topshirildi.
Boshqa yangiliklar
-
Magistratura dekani magistrantlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
-
Inson huquqlari: milliy va xalqaro tajriba uyg‘unligi
-
Akademiya rektori kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
-
Magistratura talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
-
Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi