“Milliy muloqot”: sud tizimi va OAV o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
28.08.2026 / 17:02
22
2026-yil 27-avgust kuni Toshkent shahrida sud tizimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jurnalistlar va blogerlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan “Milliy muloqot” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda YUNESKOning O‘zbekistonda sudyalar va prokurorlar salohiyatini oshirish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Ochilish marosimida YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, SDC rahbarining o‘rinbosari Ursula Keller Alazawwi, Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Abduqodirov so‘zga chiqib, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladilar.
Xususan, Akademiya rektori Sh.Abduqodirov o'z nutqida, YUNESKO bilan hamkorlikdagi loyihalar sudyalar va huquq sohasi vakillarining so‘z erkinligi, axborotga ega bo‘lish huquqi, jurnalistlar bilan samarali muloqot hamda xalqaro standartlarni sud amaliyotida qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, 2025–2026-yillarda O‘zbekistonning 10 ta hududida 310 nafar sudya va professor-o‘qituvchi uchun treninglar o‘tkazilib, sudyalar uchun so‘z erkinligi va axborotga ega bo‘lish masalalariga bag‘ishlangan maxsus o‘quv moduli ishlab chiqildi.
Tadbirda, shuningdek, jurnalistlar xavfsizligi, sun’iy intellekt va qonun ustuvorligi masalalari yuzasidan fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI