Ma’ruza emas — muloqot va tahlil maydoni
Bugun zamonaviy ta’lim faqat ma’lumot berish bilan cheklanmaydi. Odil sudlov akademiyasida joriy etilayotgan ochiq va innovatsion mashg‘ulotlar hamkorlik, tahlil va amaliy fikrlashga asoslangan yangi formatni namoyon etmoqda.
Ana shunday mashg‘ulotlardan biri Jinoyat huquqi ixtisosligi tinglovchilari uchun tashkil etildi. “LegalLens AB” advokatlik firmasi advokati S.Karimov tomonidan “Sudlarda advokatlik funksiyasini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida o‘tkazilgan mahorat darsi davomida nazariy bilimlar amaliy misollar bilan boyitildi.
Mashg‘ulot ochiq muloqot va tahlilga boy tarzda o‘tkazilib, tinglovchilarga sud jarayonida advokatning himoya funksiyasi va kasbiy yondashuvlari bo‘yicha muhim amaliy xulosalar berildi.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI