MA'MURIY ODIL SUDLOV: YANGI BOSQICH
22.09.2026 / 21:54
11
Eng muhim gʻoya:
Ma'muriy odil sudlovda asosiy e'tibor nafaqat buzilgan huquqni tiklashga, balki huquq buzilishining oldini olish va davlat organlari qarorlari ustidan samarali sud nazoratini ta'minlashga qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbariga ma'muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdim etildi.
📊Raqamlar nimani koʻrsatadi?
2017 yildan buyon ma'muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish koʻrib chiqilgan. 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan. Shuningdek, mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 27 mingga yaqin xususiy ajrim chiqarilgan.
✔️Yangi bosqichda nimalar taklif etilmoqda?
sudga murojaat qilishning 4 turdagi da'vo shaklini joriy etish;
huquq buzilishidan oldin uni himoya qilishga qaratilgan proaktiv sud himoyasini ta'minlash;
davlat organining qonunbuzilishini tan olish haqida muddatsiz murojaat qilish imkoniyatini yaratish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita ma'muriy sudga murojaat qilish huquqini berish;
davlat organlarining diskresion vakolatlaridan qonuniy va asosli foydalanganini sud tomonidan tekshirish;
sud qarorlarining soʻzsiz ijrosini ta'minlash mexanizmlarini kuchaytirish.
💡E'tiborli jihat:
Bu yondashuv ma'muriy sudni faqat sodir boʻlgan huquqbuzilish oqibatlarini bartaraf etuvchi institut emas, balki davlat organlari faoliyati ustidan samarali sud nazoratini amalga oshiruvchi va huquq buzilishining oldini olishga xizmat qiluvchi mexanizm sifatida yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.
🖥Huquqshunoslar uchun esa yangi masala:
Endi ma'muriy sudlovda nafaqat «qaror qonuniymi?», balki «davlat organi ushbu qarorni qanday asoslar va qanday jarayon asosida qabul qildi?» degan savol ham muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Ma’muriy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri I.Ergashev
Boshqa yangiliklar
-
Sudyalarning psixologik barqarorligi — odil sudlovning muhim omili
-
Umrini el-yurt xizmatiga baxshida etgan insonlar doimo eʼzoz va ehtiromga loyiq
-
“TADBIRKOR AYOLLAR VA DAVLAT: OCHIQ MULOQOT VA YANGI IMKONIYATLAR”
-
YANA BIR MUHIM HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
-
Toshkent viloyati sudida sudyalar uchun muhim psixologik trening o‘tkazildi