Kibеrjinoyatchilikka qarshi kurash – zamon talabi!
Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish: kelajakka nazar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda kiberjinoyatchilikning dolzarb masalalari, raqamli dalillarni to‘plash, tahlil qilish va sud amaliyotida baholashning huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar xalqaro tajribalar, inson huquqlari standartlari hamda zamonaviy tergov texnologiyalaridan samarali foydalanish uslublari bilan tanishishmoqda.
Mazkur seminar-trening kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, sud-huquq tizimi xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”