Kechki ta’lim shakli magistrantlari uchun mashg‘ulotlar boshlandi
09.09.2026 / 21:28
12
Bugun Odil sudlov akademiyasida kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan magistrantlar uchun yangi o‘quv jarayonining mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Dars mashg‘ulotlaridan biri Akademiyaning Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri T.Obidov tomonidan o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida magistrantlarga “Mustaqillik darsi” doirasida O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida, xususan, so‘nggi 35 yil mobaynida sud tizimida amalga oshirilgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, sud-huquq tizimini takomillashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilgan izchil islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot savol-javob va fikr almashish tarzida qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
Kechki ta’lim shaklidagi magistratura mashg‘ulotlarining boshlanishi magistrantlarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, ularni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
SUDYALAR UCHUN O‘QISH TAVSIYA ETILADIGAN KITOBLAR
-
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
-
Xalqaro ilmiy bazalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
-
Odil sudlov akademiyasida amaliy magistratura dasturining ilk o‘quv yili boshlandi
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — YANGI O‘QUV YILI, YANGI MAQSADLAR VA YANGI MARRALAR SARI