Istanbulda xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi o‘tkazildi
2026-yil 8–12-iyun kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (Commercial Law Development Program – CLDP) hamda Impact Associates tashkiloti hamkorligida Xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi tashkil etildi.
Mazkur nufuzli o‘quv dasturida Odil sudlov akademiyasi magistratura dekani, yuridik fanlar doktori, professor Liliya Achilova ishtirok etdi.
Xalqaro mediatsiya instituti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan 40 soatlik o'quv dasturi doirasida mediatsiyaning zamonaviy yondashuvlari, nizolarni muqobil hal etish usullari, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari hamda xalqaro tajribalar muhokama qilindi.
Treningda O‘zbekiston Respublikasi va Gruziyadan mediatsiya sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi yuristlar va mediatorlar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Mazkur xalqaro o‘quv kursida ishtirok etish Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mediatsiya institutini rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”